Badiiy gimnastika bo'yicha o'smirlar o'rtasida Navoiy viloyat chempionati bo'lib o'tdi.

2023 yilning 7-iyun kuni Navoiy shahri "Yoshlar" sport majmuasida Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi hamda viloyat Gimnastika federatsiyasining yillik taqvim rejasiga asosan badiiy gimnastika bo'yicha 2011-2012-2013 yy.t. o'smirlar o'rtasida viloyat chempionati bo'lib o'tdi. Ushbu musoboqaga Navoiy sh, Qiziltepa, Karmana, Nurota, Xatirchi tumanlaridan  jami 51 nafar sportchi qizlar ishtirok etdi. Musoboqa guruh va yakkalik chiqish dasturi bo'yicha malakali hakamlar tomonidan quyidagicha o"rinlar taqsimlandi.

2013y.t o'rtasida;
🥇Xudayberdiyeva Zarina (GSTISM)
🥈Kulina Nayada 
(GSTISM navoiy)
🥉Tuxtamisheva Zarina (JTSK navoiy)

2012y.t o'rtasida;
🥇Bektimirova Alina (GSTISM navoiy)
🥈Nurbekova Oyshaxon (2-son SM navoiy)
🥉Abdusamatova Charos (Karmana tuman)

2011y.t o'rtasida
🥇Xvalcheva Zamira (JTSK navoiy)
🥈Umarova Amira (GSTISM navoiy)
🥉Abdulova Farida (GSTISM navoiy)

Gruh mashiqlari:
🥇GSTISM 1-jamoasi
🥈GSTISM Qiziltepa 2-jamoasi

Musoboqa g'olib va sovrindorlari Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi tomonidan 1-2-3 darajali diplom va medal bilan taqdirlanishdi. Musoboqa g'olib va sovrindorlar 14-17 iyun kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionatiga yo'llanma olishdi.