Badiiy gimnastika bo'yicha yoshlar va kattalar o'rtasida "Viloyat ochiq kubogi" musoboqasi bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 25-oktyabr kuni “Yoshlar” sport majmuasida Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi hamda viloyat Gimnastika federatsiyasining yillik taqvim rejasiga asosan badiiy gimnastika sport turi bo'yicha yoshlar va kattalar o’rtasida "Viloyat ochiq kubogi" musoboqasi o'tkazildi. Ushbu musoboqaga Navoiy, Buxoro, Toshkent shahri, Qiziltepa, Karmana, tumanlaridan jami 65 nafar qizlar ishtirok etishdi. Musoboqa ishtirokchilari  hakamlari tomonidan quyidagicha baholanadi.

SU(sport ustalari o’rtasida) 
🥇Xikmatova Shaxinabonu (Buxoro vil.)
🥈Nutfillayeva Farangiz (Buxoro vil.)
🥉Djaxangirova Ruxshona (Navoiy GSTISM)

SUN(sport ustaligiga nomzod)
🥇Bektimirova Elvina (GSTISM Navoiy)
🥈Amonova Gulsanam (Toshkent RIOZBO’SM)
🥉Zaribboyeva Sabrina  (GSTISM Navoiy)

SUN (Guruh mashqlari)
🥇GSTISM jamoasi (Navoiy GSTISM)
🥈Qiziltepa jamoasi (Navoiy GSTISM)

SU (Guruh mashqlari)
🥇Buxoro 2 jamoasi (Buxoro vil)
🥈Buxoro 1 jamoasi (Buxoro vil)
🥉NOZK  jamoasi     (Navoiy vil)

Musobaqa g’olib va sovrindorlari Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasining 1-2-3 darajali diplom va medallari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, musobaqa g'olib va sovrindorlari 1-5-Noyabr kunlari Namangan shahrida boʻlib oʻtadigan "O'zbekiston kubogi" musoboqasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.