Taxmina Ikromovaning jahon chempionatidagi debyuti

Kitakyushu shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda. Afsuski, bizning Taxmina Ikromova unda ishtirokini yakunladi. 68 nafar gimnastikachi o‘rtasida ko‘pkurash bahslarida u 29 natija ko‘rsatdi. 

Ta'kidlash joizki, Taxmina ushbu darajadagi musobaqada ilk bor ishtirok etdi, qolaversa, u O'zbekiston sharafini himoya qilgan yagona sportchi va bu qo'shimcha majburiyatlarni yuklaydi.
Shunga qaramay, natija yomon emas va olqishlarga loyiq.

Ushbu musobaqada dastur bo'yicha uchta etakchi: 1-o'rin - Dina Averina (Rossiya), 2-o'rin - Arina Averina (Rossiya) va 3-o'rin - Alina Gornosko (Belarus).