Qoraqalpog‘istonlik gimnastikachi Shohsanem O‘rakboyeva Rossiyadagi turnirda ikkita medalni qo‘lga kiritdi.

Krasnoyarsk shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha “Bahor kubogi” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi va unda Qoraqalpog‘iston gimnastika maktabi tarbiyalanuvchisi Shohsanem O‘rakboyeva muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 11 davlatdan kelgan ishtirokchilar o‘rtasida Shohsanem kaltaklar bo‘yicha kumush, halqa bilan bog‘lashda bronza medalini qo‘lga kiritdi. Gimnastikachimiz va uning ustozi Nigora Palvanovani erishgan yutuqlari bilan tabriklab, xalqaro maydonlarda yanada zafarlar tilab qolamiz.