Sport gimnastikasi bo‘yicha ayollar va erkaklar jamoalarining bosh murabbiylar saylandi

O‘zbekiston Gimnastika federatsiyasi hamda Gimnastika bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi bilan birgalikda ayollar sport gimnastikasi bo‘limiga bosh murabbiyni saylash bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Eslatib o'tamiz, bu lavozimni 2009 yildan beri Lyudmila Li egallab kelgan. Murabbiylar ishtirokidagi yig‘ilishda bir nechta nomzodlar taklif etildi. Natijada, ayollar terma jamoasi uchun javobgarlik xalqaro toifadagi hakamlik qiluvchi Stella Koshechkina zimmasiga yuklatildi. Shuningdek, yig'ilishda Gruziyadagi yig'in yakunlari tahlil qilindi. Turli darajadagi xalqaro musobaqalarda ishtirok etadigan terma jamoani shakllantirish masalasi muhokama qilindi. Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun avval erkaklar sport gimnastikasi bo‘yicha bosh murabbiyi saylovi bo‘lib o‘tgandi. Mavqeni xalqaro toifadagi hakam, Osiyo gimnastika ittifoqi MAG texnik qo‘mitasi a’zosi Ravshan Mirzaev egalladi. 
Mirzaevga qadar jamoani Ruslan Irgashev boshqargan. Uning shogirdi Rasuljon Abdurahimov Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisiga aylandi.