Natalya Usova Moskvadagi ko‘pkurashda g‘olib chiqdi

Natalya Usova Moskvada badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi. Nasiba Xoliqovaning yosh shogirdi 4 ta mashqning barchasini qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ymasdan, juda toza o‘tkazdi va shu tariqa ko‘pkurashda raqiblari orasida eng yuqori ballni qo‘lga kiritdi. Ushbu startda uchinchi va to‘rtinchi natijalarni gimnastikachilarimiz Mishel Nesterova va Samira Ahmedova ham ko‘rsatdi. Biroq musobaqa reglamentiga ko‘ra, mamlakatdan faqat bitta sportchi g‘oliblar qatoridan joy olishi mumkin. Bugun Natalya, Mishel va Samira alohida musobaqalarda shohsupaga chiqish uchun kurash olib boradi. Qizlarimizga omad tilab qolamiz.