Ajoyib yangilik!

Sport gimnastikasi bo‘yicha 2024 yil kuzida Parijda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati saralash bosqichi uchun 4 ta litsenziya O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari tomonidan qo‘lga kiritildi. Qatarda o‘tayotgan qit’a chempionatining ko‘pkurash natijalariga ko‘ra, “Liverpul”ga yo‘llanmani Dildora Oripova, Ominaxon Xalilova, Abdulla Azimov va Xabibullo Ergashev qo‘lga kiritdi. Jahon kubogi seriyasi yakunlariga ko‘ra jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan Oksana Chusovitina bugun Dohada tayanch sakrashda ishtirok etadi. Dildora Oripova ham qit’a miqyosidagi musobaqalarda polda mashq bajarish bo‘yicha finalga chiqdi. Uning chiqishi ertaga bo'ladi. Sportchi va murabbiylarimizni jahon chempionatiga licenziya olgani bilan tabriklaymiz.