Gruziyada o'quv-mashg'ulot yig'ini davom etmoqda

Sport gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muhim musobaqalar, jumladan Jahon kubogi bosqichlari turkumiga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Hozirda Gruziyadagi  o'quv-mashg'ulot yig'inda jamoa tarkibida Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi Rasuljon Abdurahimov, shuningdek Abdulla Azimov, Xabibullo Ergashev, Abdulaziz Mirvaliev, O‘tkirbek Jo‘raev, Fayoziddin Mamatqulov, Dildora Aripova, Gulnaz Jumabekova, Diana Baxtiyarova, Naima Nigmanova, Lobar Amirillayevalar kiradi. Mazkur  o'quv-mashg'ulot yig'ini Milliy Olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi tomonidan tashkil etildi.