Badiiy gimnastika bo‘yicha murabbiy va hakamlar uchun vebinar o‘tkazildi

13 va 14 noyabr kunlari AGU va Osiyo badiiy gimnastika texnik qo‘mitasi rahbari G‘ozal Filippova tashabbusi bilan tashkil etilgan badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo qit’asi murabbiylari va hakamlari uchun onlayn vebinar bo‘lib o‘tdi. Vebinarni endigina FIG badiiy gimnastika texnik qo‘mitasi rahbari lavozimini egallagan Noha Abu Shabana olib bordi. Yangi xalqaro musobaqa qoidalari batafsil ko'rib chiqildi. Unda mamlakatimiz va dunyoning turli hududlaridan bog‘langan O‘zbekiston vakillari faol ishtirok etganini alohida ta’kidlash joiz.