Turkiyada reabilitatsiya davom ettirildi

Gimnastika bo‘yicha milliy terma jamoamiz a’zosi, qishki mashg‘ulotlar vaqtida og‘ir jarohat olgan Anastasiya Miroshnichenko keyingi reabilitatsiya kursiga Bursa (Turkiya) shahriga yuborildi. Ayni paytda Romatem tibbiyot muassasasining eng yaxshi mutaxassislari tomonidan sportchini imkon qadar tezroq tiklash va sog‘lom hayotga qaytarish choralari ko‘rilmoqda. Anastasiyaning Turkiyada bo‘lishi va davolanishi O‘zbekiston Sportni rivojlantirish vazirligi, “O‘zavtosanoat” AJ va FGU tomonidan moliyalashtiriladi.

Ma’lumot uchun: Romatem kasalxonasi Turkiyadagi 1-sonli reabilitatsiya va fizioterapiya xususiy markazi hisoblanadi. Klinika shifokorlari ortopediya, nevrologik va bolalar reabilitatsiyasiga ixtisoslashgan.