Novosibirskdagi turnir

7 oktyabr kuni Novosibirskda Olimpiya chempioni Evgeniy Podgorniy va Olimpiya o'yinlari sovrindori Ivan Stretovich sovrinlari uchun gimnastika bo'yicha xalqaro turnir boshlanadi. Mukofotlar ko'pkurash va finallar natijalariga ko'ra alohida turlarda o'ynaladi. Rossiya, Belorusiya, Armaniston, Qozog'iston sportchilari ishtirokidagi musobaqalarda Roksana Sharipova va Aleksandr Shevchenko ham ishtirok etishadi. Bizning gimnastikachilarimiz Andrey va Susana Markelovlarning o'quvchilari bo'lib, ertaga saralashdan o'tadilar.