Bangladeshda omad!

Birinchi natijalar bor! 

sport gimnastikasi bo‘yicha o‘tkazilgan Markaziy va Janubiy Osiyo chempionatida qizlarimiz jamoaviy bahslarda oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Saralash bahslarida Anastasiya Miroshnichenko shohsupaning birinchi pog‘onasiga, Ominaxon Xalilova  ikkinchi pog‘onasiga va Dildora Oripova uchinchi   pog‘onaga ko‘tarilgan, shu bilan birga ko‘pkurash dasturida O‘zbekistonlik gimnastikachilarning erishgan natijasi bunday muvaffaqiyatni ta’minladi.
Ayollar terma jamoamizni yuqori natija bilan tabriklaymiz. 

Oldinda erkaklar jamoasining chiqishlari va ko'pkurashning ayrim turlari bo'yicha finallar dasturlari bo'lib o'tadi. Sportchilarimizga muvaffaqiyatlar tilaymiz!