Gimnastikachilarimiz Bokuda “oltin” va “kumush”ga sazovor bo‘ldi

Oksana Chusovitina shohsupaning eng yuqori pog'onasiga qaytdi! Bokuda bo‘lib o‘tgan jahon kubogi bosqichida o‘zbekistonlik gimnastikachi tayanib sakrashda 13,266 ball to‘plagan holda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi pog'onada vengriyalik Mariya Ksenje Bakskai, uchinchi o'rin esa Sloveniya vakili Tesha Belakka tegishli. Jahon kubogi bosqichlari seriyasida erishilgan natijalar – 2 ta oltin va bitta kumush medalni inobatga olgan holda, Chusovitina maksimal reyting ochkolarini qo‘lga kiritib, FIG kubogi sohibiga aylandi.

Musobaqaning so‘nggi kunida Dildora Oripova jamoasiga yana bir sovrin – bronzani olib keldi. Qavat mashqlarida u 12,866 ball to'pladi va bu unga shohsupaga ko'tarilish imkonini berdi.

Erkaklar o‘rtasidagi final bahslarida polda mashq bajarishda 7-chi natija ko‘rsatgan O‘tkirbek Jo‘rayev, ot ustida mashq bajarishda 8-o‘rinni egallagan Abdulla Azimov ishtirok etdi.

Yana bir bor sportchilarimizni ajoyib o‘yinlari bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz va imkon qadar tezroq vatanga qaytishlarini intiqlik bilan kutamiz.