17-20 mart kunlari Qohirada badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tadi
Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Misr poytaxti Qohira shahrida bo‘lib o‘tadigan Jahon kubogining navbatdagi bosqichi shohsupasini zabt etish uchun yo‘lga chiqdi. Musobaqa yana kuchli terma jamoalarni birlashtiradi.
O‘zbekistonni: Oksana Chusovitina, Ominaxon Xalilova, Dildora Aripova, Rasuljon Abdurahimov, Abdulla Azimov, Xabibullo Ergashev, O‘tkirbek Jo‘raevlar himoya qiladi. Murabbiylar shtabi: Elvira Rakova va Ravshan Mirzaev. Hakamlar: Stella Koshechkina va Otabek Masharipov.