Gimnastika bo‘yicha 38-Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi
Joriy yilning 27-31 oktyabr kunlari badiiy gimnastika bo‘yicha 38-Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqa Yaponiyaning Kitakyushu shahrida bo'lib o'tadi.
Musobaqada 70 nafarga yaqin sportchilar individual mashqlarda, 19 ta jamoa guruh mashqlarida ishtirok etishi kutilmoqda. 2021 yilgi Osiyo chempionati g'olibi Taxmina Ikromova O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Sportchimiz musobaqaga o'zining murabbiyi Liliya Vlasova, hakam Maya Filippova va O‘zbekistondan Xalqaro gimnastika federatsiyasi tomonidan hakam sifatida taklif etilgan Taliya Abduramanova bilan birga yetib borgan. Musobaqa doirasida to'qqizta medallar to'plami o'ynaladi: beshtasi individual mashqlarda, uchtasi guruh mashqlarda va yana bitta jamoa uchun beriladi, bunda yakkalik va guruh mashqlarda ko'pkurashda dasturida yig'ilgan ballar hisobga olinadi.