Akrobat Madinaxon Rixsiboyeva Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-mart arafasida “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Mamlakatimiz xotin-qizlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish, o‘z iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o‘rnak bo‘layotgan qizlarni har tomonlama rag‘batlantirish, turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. g‘oya va tashabbuslari jamiyat hayotida faol, 28 nafar latif jins vakillari Zulfiya nomidagi mukofot bilan taqdirlandi.
G‘oliblar qatorida sport akrobatikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, xalqaro toifadagi sport ustasi Madinaxon Rixsiboyevaning ham borligi O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi uchun katta quvonch bo‘ldi.
Madinani ushbu yuksak davlat mukofoti bilan chin qalbimizdan tabriklab, muvaffaqiyatlari davom etishini tilab qolamiz.