O'zbekiston gimnastika federatsiyasi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 449-sonli Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida, Qatar davlatida bo‘lib o‘tgan Xalqaro Gimnastika Federatsiyasi (FIG) ning 85-Kongressi kunlarida O‘zbekiston Gimnastika Federatsiyasi va Koreya hamda Yaponiya gimnastika assotsiatsiyalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu kelishuvlar tajriba almashish, samarali murabbiylik metodikalarini ishlab chiqish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Shu bilan birga, bu tashabbuslar sportchilarning malakasini oshirish va gimnastika sport turlari bo‘yicha yetakchilik pozitsiyalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bunday tashabbuslar nafaqat sport, balki mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy almashinuvga ham hissa qo‘shadi.