Badiiy gimnastika bo‘yicha Toshkent chempionati yakunlari
Badiiy gimnastika vakillari o‘rtasida mart oyi oxirida Namanganda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston chempionatiga saralash bahslari bo‘lib o‘tdi. Poytaxt chempionatining shaxsiy dasturida Sabina Tashkenbayeva (120,0 ball) yaqqol ustunlik bilan peshqadamlik qildi. Ikkinchi o‘rin 108,75 ball bilan Maftuna Zorovaga nasib etdi. Madina Yunusova esa kuchli uchlikni yakunladi (100,95). Guruh mashqlarida gimnastika bo‘yicha Chilonzor tumani o‘smirlar sport maktabi va RSDYUSSHOR jamoasi – Volkova Lolita, Nuraliyeva Sevinch, Komilova Mushtariy, Kim Svetlana, Rahmatjonova Xonzoda, Kim Viktoriya (45,25 ball) oltin medalga sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin – RYUSHVSM: Abdurasulova Fozil, Vagizova Alina, Nazarova Nozimaxon, Qurbonboyeva Sevara, Ergasheva E’zoza, Fexulova Aliya (42,95). Uchinchi o‘rin – O‘zbekiston terma jamoasi – Isxakzoda Mumtoza, Jumaniyozov Nargiza, Ibragimova Shahzoda, Abduraufov Xurshidabonu, Pak Mariya (40,15). Chempionat tashkilotchisi Toshkent shahar gimnastika federatsiyasi tomonidan g‘olib va sovrindorlar diplom va medallar bilan taqdirlandi.