“Osiyo” oldidan nazorat mashg‘ulotlari
Shu yakshanba kunidanoq O‘zbekiston terma jamoasi Tailandning Pattaya shahrida bo‘lib o‘tadigan badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionatiga yo‘l oladi. Bugun test sinovi bo'ldi. Jamoa to'liq tarkibda taqdim etiladi. Kattalar uchun individual mashqlarda Sabina Tashkenbayeva, Taxmina Ikromova va Yosmina Rahimova, guruh mashqlarida Shaxzoda Ibragimova, Nargiza Jumaniyozova, Nilufar A’zamova, Mumtoza Isxoqzoda, Xurshid Abduraufova va Mariya Pak. Shuningdek, Natalya Usova, Evelina Atalyants, Anastasiya Sarantseva, Vilana Savadyan hamda Domenika Damirova, Viktoriya Neskubo, Irodaxon Sadikova, Diyora Baxtiyorova, Mubina Kamolova va Yasmin Amira Mirzayarovadan iborat o‘smirlar chiqish qiladi. Terma jamoaning murabbiylar shtabi: Liliya Vlasova, Irina Kudryasheva, Ra’no Muhamedova, Luiza G‘aniyeva, Nasiba Xoliqova, Inara Zabrodina-Sattorova, Elena Samaras. Gimnastikachilarimizning salomatlik holati jamoa shifokorlari Svetlana Svyatskaya va Aleksey Shachnevlar tomonidan nazorat qilinadi. Katta murabbiy Taliya Abduramanova Osiyo chempionati hakamlar hay’ati tarkibiga kiradi. Tailanddagi qit’a turnirida hakamlar hay’atiga AGU badiiy gimnastika bo‘yicha texnik qo‘mitasi prezidenti Go‘zal Filippova boshchilik qiladi.