O'zbekiston terma jamoasi Sofiyada bo'lib o'tgan jahon Kubogida 4 medalni qo'lga kiritdi
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi seriyasining dastlabki bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, 4 ta mukofotga sazovor bo‘lishdi. Sofiyada yurtimiz sharafini yakkalik mashqlarida Taxmina Ikromova va Natalya Usova himoya qilishdi. Liliya Vlasova shogirdi har bir chiqishga ishonch bilan yondashdi. Kamchiliklarsiz bo‘lmadi, biroq mashqlarning yuqori murakkabligi va hayratomuz artistizmi terma jamoamiz yetakchisini medalsiz qoldirmadi. Ko‘pkurash yakunlariga ko‘ra Ikromova jami 109,85 ball to‘plab, kuchli uchlik orasida shohsupaga ko‘tarildi.
Ko‘pkurash natijalari:
1-o‘rin – Taisiya Onofriychuk (Ukraina)
2-o‘rin – Stilyana Nikolova (Bolgariya)
3-o‘rin – Taxmina Ikromova (O‘zbekiston)
85 nafar gimnastlar orasidan Taxmina barcha 4 ta finalga yo‘l olgan bo‘lib, yana 2 ta medalni qo‘lga kiritdi. To‘p bilan bajargan mashqi unga bronza medali olib keldi, bo‘g‘inlar bilan esa kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Halqa
1-o‘rin – Stilyana Nikolova (Bolgariya) – 29,5
2-o‘rin – Taisiya Onofriychuk (Ukraina) – 28,85
3-o‘rin – Sofiya Raffaeli (Italiya) – 28,4
6-o‘rin – Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) – 27,55
To‘p
1-o‘rin – Stilyana Nikolova (Bolgariya) – 28,95
2-o‘rin – Alina Gornosko (AIN) – 28,35
3-o‘rin – Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) – 27,15
Bulavalar
1-o‘rin – Taisiya Onofriychuk (Ukraina) – 28,9
2-o‘rin – Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) – 27,2
3-o‘rin – Eva Brezalieva (Bolgariya) – 27,0
Tasma
1-o‘rin – Taisiya Onofriychuk (Ukraina) – 27,45
2-o‘rin – Liliana Levinska (Polsha) – 27,0
3-o‘rin – Rin Keys (AQSH) – 26,95
5-o‘rin – Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) – 26,15
Guruh mashqlarida ishtirok etgan jamoamiz ham mukofotsiz qolmadi. Mumtozabonu Isxoqzoda, Irodaxon Sodiqova, Amaliya Mamedova, Evelina Atalyants, Adelya Fayzulina va Ruxshona Dehqonova ko‘pkurashda shohsupaga ko‘tarila olishmadi, biroq 3 ta to‘p va 2 ta halqa final dasturi ularga omad keltirdi. Natijada qizlar kumush medalni qo‘lga kiritishdi.
Ko‘pkurash (guruh):
1-o‘rin – Ispaniya – 47,8
2-o‘rin – Yaponiya – 45,95
3-o‘rin – Polsha – 43,7
6-o‘rin – O‘zbekiston – 39,9
5 Tasma:
1-o‘rin – Bolgariya – 24,4
2-o‘rin – Yaponiya – 22,75
3-o‘rin – Polsha – 22,25
6-o‘rin – O‘zbekiston – 19,45
To‘plar/halqalar:
1-o‘rin – Ispaniya – 25,75
2-o‘rin – O‘zbekiston – 24,35
3-o‘rin – Yaponiya – 22,55
Sportchilarimiz va ularning murabbiylari — Liliya Vlasova, Nasiba Xalikova, Rano Muhammadova va Luiza Ganievani yuksak natijalar bilan tabriklaymiz va keyingi bosqichlarda ham ulkan zafarlar tilaymiz! Seriya 18–20 aprel kunlari Bokuda davom etadi.