Yaponiyada Toshkent va Nagoya o‘rtasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda
Tokio 2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilarini qabul qiluvchi mezbon shahar bo‘lmish Nagoyada “Nagoya mezbon shahar ko‘rgazmasi: Unitilmas lahzalarni yana bir bor yodga olaylik” va “Toshkent-Nagoya hamkor shaharlar” mavzusida fotoko‘rgazmalar o’z faoliyatini boshladi.
Toshkent va Nagoya hamkorligiga hamda yurtimiz sportchilarining Tokio Olimpiyadasidagi ishtirokiga bag‘ishlangan fotosuratlar Nagoya shahrining bir necha maskanlarida namoyish qilinmoqda.
Fotoko‘rgazma joyi va vaqti:
1. “Central Gallery” - 30 noyabr – 19 dekabr
Joyi: Hisaya metro bekati
2. Sakae yer osti yo’lidagi “Crystal Hiroba Vision” - 1-9 dekabr
*sur'atlar ekranda 1 soatda 3 marta namoyish etiladi
3. Nagoya shahar nogironlar sport markazi – 2-21 dekabr
“Nogironlar sport markazi” avtobus bekati
4. Nagoya metro bekati “Sun flower” reklama banneri – 6-12 dekabr
Nagoya metro bekati janubiy chiqish tomoni