Bangladeshdagi "Oltinli yomg'ir"
Ko‘pkurashning ayrim turlari bo‘yicha ham sovrinlar chiqishlar bo‘lib o‘tdi. Ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda barcha turdagi dasturlar bo‘yicha O‘zbekiston vakillari yuqori o‘rinlarni egallashdi.
Anastasiya Miroshnichenko tayanib sakrash dasturida oltin medalni qo‘lga kiritdi va Gulnaz Jumabekova kumush medalni qo‘lga kiritdi. Har xil balandlikdagi qo‘shpoyada: 1-o‘rin – Dildora Aripova, 2-o‘rin – Anastasiya Miroshnichenko. Xodada mashq bajarishda ham Aripova peshqadamlik qilgan bo‘lsa, Ominaxon Xalilova shohsupada ikkinchi o'riniga egalladi.
Erkin mashq bajarishda Anastasiya Miroshnichenko yana shohsupaning eng yuqori pog‘onasini zabt etdi, Ominaxon Xalilova kumush medal bilan taqdirlandi.