Toshkentda FIGning sport gimnastikasi bo;yicha akademiyasi o'tmoqda.
Shu kunlarda poytaxtimizda (FIG Level 2 Academy for ART) Akademiyasi bo'lib o'tmoqda. Unda Jazoir, Bangladesh, Hindiston, Eron, Malayziya, Polsha, Qatar, Shri-Lanka, Iordaniya va O‘zbekiston kabi 10 ta davlatdan 25 nafar murabbiy ishtirok etmoqda. Mamlakatimiz sharafini Oksana Kiosya va Ravshan Mirzaevlar himoya qilmoqda. Tadbirni O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi hamda Respublika gimnastika bo‘yicha murabbiy va hakamlar maktabi tashabbusi bilan tashkil etildi. Akademiyani xalqaro gimnastika federatsiyasi mutaxassislari olib bormoqda, ulardan Pedro Almeyda - kurs rahbari (Portugaliya), Jak RENSON (MAG) (Belgiya) va Juzanna KALMAR (WAG) (Vengriya). O'quv jarayoni nazariy va amaliy mashg'ulotlardan iborat bo'lib, ular o'z navbatida anatomiya, biomexanika, fiziologiya, psixologiya va antidopingga oid savollarni o'z ichiga oladi, shuningdek sport anjomlarida ham ba'zi elementlarni o'rgatadi. Ishtirokchilarga nazariy fanlar O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining hududida o'tkaziladi, amaliyot esa Toshkent shahridagi gimnastika turlagi ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabida o‘tkaziladi. Akademiyada elementlarni o‘rganish va rivojlantirishda ishtirokchilarga, sport ustaligiga nomzod bo'lgan sportchilar, sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari yordam bermoqda. Akademiya davomida yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha olingan bilim va ko‘nikmalar imtihon orqali tekshiriladi. Yakuniy saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan murabbiylar FIG Akademiyasining ikkinchi darajali sertifikatlari bilan taqdirlanadilar.