Akrobatika bo‘yicha jahon chempionatining ilk finalchilari nomi ma’lum

Boku shahrida sport akrobatikasi bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda. Musobaqaning birinchi kuni va bugun ertalabki yakunlariga ko‘ra, dasturning ayrim turlari bo‘yicha finalchilar aniqlandi. Demak, erkaklar duetimiz – Mahmudov Sharofiddin va Azizov Miraziz endi muvozanat va kombinatsiyalashgan mashqlarda medallar uchun kurash olib boradi. Shuningdek, “muvozanat”da shohsupadagi o‘rin uchun erkaklar guruhi: Xafizov Damir, Djumakulov Shahzod, Kamoliddinov Diyorbek, Suvonov Shohjaxon da’vogarlik qiladi. Bugun ushbu kvartet dinamik kombinatsiya bilan chiqish qiladi. Afsuski, mashqni muvozanatda bajarganiga qaramay, aralash juftlik Pak Anastasiya va Nosirov Ikromjon ushbu bahsda finalga chiqa olishmadi. Qayd etish joizki, ushbu duet chempionatdagi eng yosh duetdir, ammo shunga qaramay, akrobatlarimiz dunyoning 13 davlatidan kelgan “tajribali” akrobatlarga munosib raqobatlashmoqda. Bugun Anastasiya va Ikromjon dinamik mashq bajarishadi.